«Bilayn»ga savol: «Hayotning yorqin tarafi» shumi?
Joriy yil 24-noyabr kuni Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani, Toshkentli Guzar qishlog‘idagi «Yangi qishloq QVP»da joylashgan «Unitel» MChJning sharqiy xududiy filialiga tegishli – 5567-sonli tayanch stansiyasi antenna qurilmasi (machta) yerga qulagan. Shu kundan beri mazkur hududda ushbu operatordan foydalanadigan mijozlar aloqasiz qolgan. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi ma’lum qildi.
Mazkur nosozlik hanuz bartaraf etilgani yo‘q. «Bilayn» kompaniyasi mazkur voqea yuzasidan hali munosabat bildirmadi.
Ushbu tayanch stansiyalari Uchko‘prik tumanining Toshkentli Guzar, Qaqir, Qumbosti, Raxmatillo, Tojik va Mulla Zoir qishloqlari hamda O‘zbekiston tumani Navbahor, Qozi Kalon, Qum mahalla va Oydin buloq qishloqlarida istiqomat qiluvchi 2mingdan oshiq mijozlarga xizmat ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter