Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Beeline» va «Ucell»ga ogohlantirish xati berildi

«Beeline» va «Ucell»ga ogohlantirish xati berildi

Tayanch stansiyalari.

Foto: «Nuz.uz»

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan Xorazm viloyati hududida mobil aloqa operatorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar belgilangan tartibda o‘rganilib, ko‘rib chiqilmoqda, deyiladi inspeksiya xabarida.

Xabarda keltirilishicha, aholi kam istiqomat qiladigan hududlar mobil aloqa bilan to‘liq qamrab olinmaganligi, bu esa o‘z navbatida, ushbu hududlar aholisi tomonidan bo‘ladigan murojaatlar sonining ko‘payishiga olib kelayotganligini inobatga olgan holda mobil aloqa operatorilarga mazkur hududlarda yangi tayanch stansiyalarini o‘rnatish yuzasidan takliflar kiritilgan.

Inspeksiyaga kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha 2017-yil davomida mobil aloqa operatorlariga, jumladan «Unitel» MChJ (Beeline) ga ikkita ko‘rsatma, bitta ogohlantirish xati va korxona aybi bilan yuzaga kelgan murojaatlar bo‘yicha 9 ta xat chiqarilgan, «Coscom» MChJ (Ucell)ga bitta ogohlantirish xati va 6 ta xat taqdim etildi va ularning ijrosi ta’minlanmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlari talablari buzilganligi uchun «Unitel» MChJning G‘arbiy hududiy filiali mas’ul xodimiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 153-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasidagi eng kam oylik ish haqining 1 (bir) barobari miqdorida jarimaga tortildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring