Bezori ayol jabrlanuvchining qulog‘ini tishlab oldi
2022-yil 15-yanvar kuni soat 20:00 larda, muqaddam bir necha marotaba sudlangan 31 yoshli D.F. Toshkent viloyati, Ohangaron tumani Eyvalek MFY 6-uy oldida janjal ko‘taradi.
U jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan shu uyda yashovchi o‘ziga notanish 34 yoshli N.I. bilan janjallashib, uning sochidan tortgan vaqtda, ayolning bezorilik harakatlarini ko‘rib, unga chek qo‘ymoqchi bo‘lgan yana 3 nafar qo‘shnilariga ham faol qarshilik ko‘rsatib, N.I.ning chap qulog‘ini tishlab, unga tan jarohati yetkazadi.
Sudga oid tibbiy ekspertiza xulosasida N.I.da yengil turdagi tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan D.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksida 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter