Beshta hududda qurilish boshqarmalari rahbarlari almashtirildi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan beshta hududdagi qurilish boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi.
Jumladan:
Sohibjon Jumayev Buxoro viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Hayot Davlatov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
Timur Turdiboyev Jizzax viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Mahmud Tursunov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
Zohidjon Zokirov Qashqadaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Aktam Chorshanbiyev ushbu lavozimdan ozod qilindi;
Laziz Pozilov Farg‘ona viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Akmal Rahmonov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
Said To‘xtayev Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi;
Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – shahar bosh arxitektori lavozimiga Shavkat Do‘smuhamedov nomzodi ma’qullandi;
Dilshod Niyozov o‘z arizasiga asosan Namangan viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter