Besh oyda O‘zbekistonga qancha sayyoh kelgani aytildi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-may oylarida 2,8 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 248,2 ming nafarga yoki 9,6 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha (ming nafar):
- qarindoshlarni yo‘qlash — 2 237,4
- sayyohlik — 426,5
- xizmat yuzasidan — 68,4
- tijorat — 51,5
davolanish — 46,2
o‘qish — 7,4.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter