Besh oyda 52 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan – statistika
2023-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda 52,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda bajarilgan qurilish ishlari hajmi:
- 2018-yilda – 51,1 trln so‘m
- 2019-yilda – 71,2 trln so‘m
- 2020-yilda – 88,1 trln so‘m
- 2021-yilda – 107,5 trln so‘m
- 2022-yilda – 130,8 trln so‘m
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yil 1-iyun holatiga qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 51 277 tani tashkil etgan.
Qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 2022-yilning mos davriga nisbatan 8,1 foizga oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter