Besh nafar o‘zbekistonlik ayol Ozarbayjon orqali Eronga noqonuniy o‘tayotganida qo‘lga olingan

Besh nafar o‘zbekistonlik ayol Eronga o‘tish uchun Ozarbayjon chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tayotganida Ozarbayjon davlat chegara xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 17-fevral kuni Fuzuliy tumani Kerimbeyli qishlog‘ida joylashgan chegara zastavasi xizmat uchastkasida Eron tomonga yo‘nalgan izlar aniqlangan. Tezkor choralar natijasida chegara buzuvchilar qo‘lga olindi – ular to‘rt nafar o‘zbekistonlik ayol va ularni Eronga o‘tkazmoqchi bo‘lgan ozarbayjonlik erkak bo‘lib chiqdi.
O‘sha kuni Yardimli tumanidagi Deman qishlog‘i hududida Eronga noqonuniy tarzda o‘tishga uringan yana ikki nafar ayol — O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ushlangan.
Mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter