Berluskoni koronavirusga chalindi
Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi. Bu haqda uning shaxsiy shifokori Alberto Dzangrillo ma’lum qilgan.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Berluskoni kasalligi alomatsiz kechyapti. Mahalliy OAV esa siyosatchi uy izolyasiyasiga olinganini xabar bergan.
Shuningdek, «Olg‘a, Italiya» partiyasi yetakchisi «Sardiniya safaridan qaytgach test topshirgani» ta’kidlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter