Berdimuhamedov o‘z lavozimini yosh yetakchilarga berish istagini ma’lum qildi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat Xalq maslahati (parlament yuqori palatasi) raislik lavozimini tark etish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda Interfaks xabar bermoqda.
«Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida davlat boshqaruvi sari yo‘lni ma’naviy muhitda va zamonning yuksak talablari asosida tarbiyalangan yosh yetakchilarga berish kerak, degan g‘oyani qo‘llab-quvvatlayman. Xalq Maslaxati deputatlari Kengashi raisi sifatida, men bundan buyon ham katta hayotiy va siyosiy tajribamni shu sohaga yo‘naltirish niyatidaman», — degan Berdimuhamedov juma kuni 30-yilga mo‘ljallangan milliy taraqqiyot dasturi qabul qilingan Xalq Maslahatida.
Turkmaniston rahbari ikki yil avval payg‘ambar yoshiga yetganini va bugun o‘zi haqidagi qiyin qarorni muhokama qilmoqchi ekanligini ta’kidlagan.
«Ma’lumki, bundan 15 yil avval, 2007-yil 11-fevralda mamlakatimizda Turkmaniston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. O‘shanda ona xalqim meni oliy davlat lavozimiga sayladi va bu bilan katta ishonch bildirdi», — degan Berdimuhamedov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu ishonchni 2012 va 2017-yilgi umumxalq saylovlarida yana bir bor his qilgan.
«Mana 15 yildan buyon men Turkmaniston Prezidentining eng yuqori va o‘ta mas’uliyatli lavozimida ishlayapman. Shu bilan birga, men Vazirlar Mahkamasi Raisi, Davlat xavfsizlik kengashi raisi, Harbiylar Oliy qo‘mondoni, Qurolli Kuchlar va Xalq Maslahati Milliy Gengesh raisi vazifalarini bajaraman», — degan u.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Turkmaniston hukumatida bosh vazir o‘rinbosari lavozimini 2021-yil iyuldan buyon moliya-iqtisodiy kompleksga rahbarlik qilib kelayotgan prezidentning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov egallab turibdi.
Аvvalroq Serdar Berdimuhamedov Bosh vazir o‘rinbosari, Oliy nazorat palatasi raisi etib tayinlangan va 2021-yil 11-fevralda Davlat xavfsizlik kengashiga taqdim etilgan edi. Bu lavozimda u, shuningdek, davlat boshqaruvi tizimi, moliya-iqtisodiy va ijtimoiy sohada raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan.
Serdar Berdimuhamedov 2020-yil 7-fevraldan 2021-yil 11-fevralgacha bo‘lgan davrda Sanoat va qurilish ishlab chiqarish vaziri lavozimida ishlab kelgan. 2019-yil 17-iyundan buyon prezidentning o‘g‘li Turkmanistonning markaziy hududi – Axal velayati (viloyati) rahbari bo‘lib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter