Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Berdaq hayotiga bag‘ishlangan hujjatli film premerasi bo‘lib o‘tdi

Berdaq hayotiga bag‘ishlangan hujjatli film premerasi bo‘lib o‘tdi

Adiblar xiyobonida o‘zbek va qoraqalpoq shoiri Berdaq haqida «Amu sohili kuychisi» nomli hujjatli filmi premerasi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab Kinematografiya agentligi va Toshkent pediateriya tibbiyot universiteti tomonidan Berdaq hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilib shoir hayot va ijod yo‘liga nazar solindi. Ijodkor butun umri davomida o‘z yurtdoshlarini ilm-ma’rifatga, birdamlikka, hamjihatlikka da’vat etdi. Mardlik jasorat, matonatni targ‘ib qildi. Aynan shu xislatlar kinokartinada yaqqol o‘z aksini topgan.

Mazkur hujjatli film ssenariy muallifi Kengesbay Karimov, rejissyor Bektileu Nizamatdinov, operator Asenbay Asqarov, kartina direktori Baxtiyar Madiyarov.

Tadbir davomida Kinematografiya agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuxrat Rizayev so‘zga chiqib qoraqalpoq va o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondasi Berdaq siymosi yaqqol ochib berilganligini ta’kidladi va film ijodkorlariga agentlik nomidan o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

Namoyishlar 28 sentyabrdan 3 oktyabrgacha bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring