Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belgiyalik «tilla bolakay»dan «LevanGol»gacha — «Oltin to‘p-2021»da kimda imkoniyat ko‘p? (prevyu)

Belgiyalik «tilla bolakay»dan «LevanGol»gacha — «Oltin to‘p-2021»da kimda imkoniyat ko‘p? (prevyu)

29 noyabr kuni jahon futbolidagi eng nufuzli sovrinlardan biri «Oltin to‘p» topshiriladi. Bu sharafga kim ko‘proq loyiq?

Bugun Parijda sovrin egasi e’lon qilinadi. Bu yilgi poygada kim qanday imkoniyatga ega? Quyida shu haqda gaplashamiz.

10. Kevin De Bryoyne (Manchester Siti)

«Belgiyalik «tilla bolakay» «Oltin to‘p»ga ko‘p marotaba eng yaqin kela olgan futbolchilardan sanaladi. 2021 yilda 14 gol, 16 golli uzatma qayd etdi. Premer-liga va Karabao kubogida g‘olib chiqdi.

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Kevin De Bryoyne ingliz va ehtimol Yevropa futbolidagi ajoyib kreativ o‘yinchilardan bo‘lib qolmoqda. Belgiyalik 2021 yilda jarohatlar sabab o‘yin amaliyotiga kam ega bo‘lishiga qaramay, shaxsiy ko‘rsatgichlar bo‘yicha yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda.

9. Krishtianu Ronaldu («Yuventus»/«Manchester Yunayted»)

2021 yilda 43 ta gol, 6 ta golli uzatma qayd etgan Ronaldu so‘nggi yillarda «Oltin to‘p»ning kuchli uchligiga kira olmayapti. Italiya kubogi va Italiya superkubogida g‘olib chiqdi. Yevro-2020 musobaqasida 5 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. Terma jamoa safida eng ko‘p gol (115 ta) urgan futbolchiga aylandi. Bundan tashqari A Seriyaning eng yaxshi to‘purari ham bo‘ldi.

8. Erling Xoland («Borussiya Dortmund»)

2021 yilda 45 gol, 13 golli uzatma qayd etgan norveg o‘zi ishtirok etgan har qanday musobaqada gol urishni uddalamoqda. Bundesligada 50 o‘yinda 50 ta gol urdi. Tarixda hech qaysi futbolchi bunchalik tez bunga erishmagan. Erlingning bitta kamchiligi tez jarahot olishi bo‘lsa ajabmas. Agar Holand kamroq jarohatlar olganda ehtimol natijasi bundan yaxshiroq bo‘larmidi(?).

7. Romelu Lukaku («Inter»/«Chelsi»)

2021 yilda 30 ta gol, 8 ta golli uzatma qayd etgan yana bir belgiyalik o‘tgan mavsumda juda yaxshi natijalar qayd etdi. Romelu Lukakuning «Chelsi»dagi karerasi juda omadli deb bo‘lmasa ham, belgiyalik futbolchining o‘tgan mavsumda «Inter» bilan qilgan ishlari havas qilarli.

6. Kilian Mbappe («Pari Sen-Jermen»)

2021 yilda 45 gol, 22 golli uzatma qayd etgan fransuz UYeFA Millatlar Ligasi va Fransiya Kubogida g‘olib chiqdi. Kilian katta jamoalar bilan o‘yinlarda ham o‘zini ko‘rsatdi. Yevro-2020 musobaqasida nimchorak finalda Shveysariya darvozasiga penaltidan gol urolmadi va jamoaning yurishini to‘xtatishiga sabab bo‘ldi. Mbappe «Real Madrid»ga o‘tish mashmashasi fonida o‘yini pasayganga o‘xshamoqda, ammo futbolchining potensiali yuqoriligicha qolmoqda.

5. Karim Benzema («Real Madrid»)

2021 yilda 43 gol, 14 golli uzatma amalga oshirgan yana bir fransuz Karim Benzima UYeFA Millatlar ligasida g‘olib chiqdi. Karim Benzema Krishtianu Ronaldu «Real Madrid»ni tark etganidan keyin kuchayishda davom etmoqda va 2021 yil uning faoliyatidagi eng yaxshi individual yil bo‘ldi. Klassik «to‘qqizlik» rolini qoyillatib bajarayotgan Benzema Fransiya terma jamoasiga qayta chaqiriq oldi va Madridda eng muhim futbolchi bo‘lmoqda.

4.Ngolo Kante («Chelsi»)

2021 yilda Chempionlar ligasi va UYeFA Superkubogi, UYeFA Millatlar ligasini qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasi finalidagi eng yaxshi o‘yinchi, shuningdek, «Real Madrid» ustidan qozonilgan g‘alabaning ikkala o‘yinida ham juda yaxshi harakat qilgan edi. Kamtar Kanteni «Oltin to‘p»ga loyiq futbolchi deyishimiz mumkin.

3. Jorjino (Chelsi)

2021 yilda 9 ta gol, 3 ta golli uzatma, Yevro-2020, Chempionlar Ligasi va UYeFA Superkubogida g‘olib chiqdi. Jorjino yaqin yillarda «Oltin to‘p» TOP uchligiga kira olgan Buffondan keyingi futbolchi.

2. Lionel Messi («Barselona» / «Pari Sen-Jermen»)

2021 yilda 41 gol, 17 golli uzatma qayd etgan Messi birinchi marotaba terma jamoada sovrin yutdi. Amerika kubogining (Kopa Amerika) qo‘lga kiritilishida Messi katta hissa qo‘shdi. Bundan tashqari Messi «Oltin to‘p»ning vatani Fransiyaga ko‘chib o‘tgan.

1. Robert Levandovski («Bavariya»)

2021 yilda 64 gol, 10 ta uzatma amalga oshirgan polshalik Royert Levan«gol»iski Bundesliga, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va DFL-Superkubogida g‘olib chiqdi.

Agar «France Football» bahsli tarzda bekor qilmaganida, Robert Levandovski 2020 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan bo‘lar edi.

«Bavariya» yulduzi, shubhasiz, ikki mavsumni qo‘shganda bitta «Oltin to‘p» loyiq deb hisoblashimiz mumkin. Robert zamonaviy futboldagi kamdan kam klassik to‘qqizlik hujumchilardan hisoblanadi.

Polshalik bugun «Oltin to‘p»ni qo‘lga kirita oladimi, nima deb o‘ylaysiz?

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring