Belgiya milliy motam kunini e’lon qildi
Belgiya suv toshqini natijasida juda ko‘p odamlar halok bo‘lganligi uchun 20-iyulni milliy motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda qirollik Bosh vaziri Aleksandr de Kroo ma’lum qilgan.
Avvalroq Belgiyada tabiiy ofat qurbonlari soni 15 kishiga yetgani haqida xabar bergandik.
Mamlakatda suv toshqini natijasida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 23 kishi halok bo‘ldi, besh kishi bedarak ketgan. 40 mingdan ziyod xonadon elektrsiz qoldi, zarar ko‘rgan provinsiyalarda hukumat vodoprovod suvidan foydalanmaslikni tavsiya etdi. Hukumat Yevropa Ittifoqining fuqaro muhofazasi mexanizmini ishga tushirdi, Fransiya, Avstriya va Italiya Belgiyaga yordam ko‘rsatmoqda.
«20-iyul, seshanba kuni milliy motam kuni bo‘ladi. Bunda halok bo‘lganlar yodga olinadi. Aholi orasida birdamlik hissi qo‘llab-quvvatlanadi», — deb yozgan De Kroo Twitterda.
Shuningdek, Belgiya hukumati 21-iyul kuni milliy bayramni nishonlashni cheklashga qaror qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter