Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Belarusfilm» bilan hamkorlikda «Kazbek» filmi suratga olinadi

«Belarusfilm» bilan hamkorlikda «Kazbek» filmi suratga olinadi

Taniqli o‘zbek kinoijodkorlari delegatsiyasi Belarus Respublikasidagi «Listapad» XXVII xalqaro Minsk kinofestivalida ishtirok etmoqda.

Kuni kecha Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda «Belarusfilm» kinostudiyasi raxbari Vladimir Karachevskiy o‘rtasida yangi «Kazbek» nomli to‘liq metrajli ko-produksiya suratga olish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Mazkur film Ikkinchi jahon urushi qahramoni Mamadali Topvoldiyev haqidagi biografik drama bo‘ladi. U urush davrida mexanik haydovchi sifatida Qizil Armiyada xizmat qilgan. Belaruslik partizanlar uni Kazbek deya atashgan.

Filmning suratga olish ishlari O‘zbekistonda va Belarusda bo‘lib o‘tadi. «Listapad» xalqaro kinofestivalida yangi loyihaning rejissyori Muhammadali Iskandarov ham ishtirok etmoqda.

Kinofestival dasturiga ko‘ra, «Kazbek» hamda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan rejissyor Akbar Bekturdiyevning «Uzbechka» filmi loyihalarining taqdimotlari o‘tkazildi. Unda filmlarni suratga olish lokatsiyalari, o‘zbek va belaruslik aktyorlar tarkibi, ssenariy muhokamalari bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, kinofestivalda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Jahongir Ahmedovning «Ilhaq» badiiy filmi namoyish etiladi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring