Belarusda saylovdan so‘ng katta namoyishlar boshlandi (video)
Ma’lumki, kecha 9-avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgan va dastlabki natijalarga ko‘ra, amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko deyarli 80 foizlik ovoz bilan g‘alaba qozongani aytilgandi.
Dastlabki natijalar chiqib, saylov uchastkalari yopilgach, mamlakatda namoyishlar boshlandi.
Nexta Live Telegram kanali ma’lumotiga ko‘ra, poytaxt Minskda kuchishlatar tizimlar va namoyishchilar o‘rtasida kuchli to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. Hatto shaharda kuchli portlash ovozlari eshitilgani va otishma sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Lukashenkoning asosiy raqibi - Svetlana Tixanovskaya kuchishlatar tizim vakillarini xalqqa zo‘ravonlik qilmaslikka chaqirgan. Oddiy uy bekasi bo‘lgan Tixanovskaya ekzit-polga ko‘ra 6,8 foiz ovoz olgan.
Ma’lumki, «Yevropaning so‘nggi diktatori» deya ataladigan Lukashenko mamlakatni 1994-yildan buyon uzluksiz boshqarib keladi. Bu safar u oltinchi muddatga prezidentlikka saylanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter