Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus tashqi ishlar vaziri to‘satdan vafot etdi

Belarus tashqi ishlar vaziri to‘satdan vafot etdi

Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey 26 noyabr kuni 64 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi BelTA nashri.

«Vladimir Makey bir necha soat oldin to‘satdan vafot etdi. Hech qanday alomat yo‘q edi. Hammamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi bu», — deya ma’lum qilgan TIV matbuot kotibi Anatoliy Glaz.

Vazirning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, Vladimir Makey 2012 yil 22 avgustdan beri Belarus tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring