Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkentga kelmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashish uchun Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko 12-sentabr kuni Toshkentga keladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Komil Allamjonov «Feysbuk»dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Asosiy muzokaralar 13-sentabr kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadi, ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.
Davlat rahbarlarining poytaxtimizdagi sanoat korxonalari, Belarusda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasiga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter