Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bektemirning raqibi shunchaki «meshok» vazifasini o‘tadi (video)

Bektemirning raqibi shunchaki «meshok» vazifasini o‘tadi (video)

Photo: Twitter/GoldenBoyBoxing

Super o‘rta vazn toifasida jang olib bora yotgan Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi raqibini ringda shunchaki «mashg‘ulot qopi»ga aylantirdi.

AQShda kechgan jangda meksikalik Oskar Kortes hamyurtimizga birorta ham zarba bera olmadi va o‘zi ketma-ket zarbalar o‘tkazib, birinchi raunddayoq ringga quladi.

Meliqo‘ziyevning chap qo‘lda jigar qismiga bergan zarbasidan so‘ng, Kortes o‘rnidan tura olmadi.

Eslatib o‘tamiz, aslida bokschimizga ancha tajribali Antonio Periban raqiblik qilishi kerak edi. Ammo jangga bir kun qolganida Periban shifoxonaga tushib qoldi va raqib o‘zgartirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring