Bektemir Meliqo‘ziyev ertangi jangi oldidan «ko‘z urishtirdi» (video)
Toshkent vaqti bilan 19 iyundan 20 iyunga o‘tar kechasi super o‘rta vazn toifasida (-76,2 kg) faoliyat olib borayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev WBA Continental Americas va WBO Intercontinental kamarlari uchun 12 raundlik jangda amerikalik Gabriel Rosadoga qarshi ringga ko‘tariladi.
Rosado faoliyati davomida 39 ta jang o‘tkazib, ularning 25 tasida g‘alaba qozongan (14 nokaut). 1 durang, 13 mag‘lubiyati bor.
Boks oqshomi O‘zbekiston hududida translatsiya qilinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev havaskor boksdan 4 yilga diskvalifikatsiya qilingandi, ammo bu chetlatish professional boksdagi faoliyatiga ta’sir qilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter