Bektemir chempionlik jangida raqibini ringga qulatdi
![Bektemir chempionlik jangida raqibini ringga qulatdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_251423873.jpg)
Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (6-0, 5 KO) o‘zining navbatdagi jangini meksikalik Alan Kampaga (17-6, 11 KO) qarshi o‘tkazdi.
Jangning 2-raundida Bektemir raqibini ikki marta nokdaun holatiga tushirdi. 3-raundda bokschimizning kuchli zarbalaridan so‘ng meksikalik ringga quladi. Shu tariqa Meliqo‘ziyev professional boksdagi 6-g‘alabasini nishonladi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/30/720__EgbeBEEBmO2se29ZhuM8DJ7vH68Tw_uw.jpg)
Bektemir ushbu g‘alabasi orqali WBO Intercontinental kamariga ega chiqdi. Meliqo‘ziyevning professional boksdagi g‘alabalari soni oltitaga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter