Hokimiyatga tegishli binodagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi
30-yanvar kuni Toshkent viloyatining Bekobod tumanida joylashgan tuman hokimiyatiga tegishli, hozirgi kunda foydalanilmayotgan binoda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada binoning 50 kv.m maydoni yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida 62 yoshli R.B.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. «Yong‘in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda» deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter