Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobodda kambag‘allikni qisqartirishga mas’ullar 950 mln so‘mni «tuya» qilishgan

Bekobodda kambag‘allikni qisqartirishga mas’ullar 950 mln so‘mni «tuya» qilishgan

Toshkent viloyati Bekobod tumanida DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida aholining ehtiyojmand qatlami uchun ajratilgan pul mablag‘larini o‘zlashtirib ketgan mas’ullar fosh qilindi.

Xususan, Toshkent viloyati Bekobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i N.J. va bosh hisobchisi E.O‘.lar tikuvchilikka ixtisoslashgan 3 ta MChJ rahbarlari bilan o‘zaro til biriktirib, 2023-yilning oktyabr-dekabr oylarida Bekobod tumanida yashovchi 116 nafar fuqaroga go‘yoki kasanachilik faoliyatida zarur bo‘ladigan asbob-uskunalar yetkazib berilganligi to‘g‘risida rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish yo‘li bilan 950 mln 570 ming so‘m pul mablag‘ini talon-toroj qilishgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring