Bekobodda ham hokim o‘zgardi
Toshkent viloyatining bir qator tumanlarida hokimlar o‘zgarmoqda. Biroz avval Bo‘ka tumaniga yangi hokim tayinlangani xabar qilingandi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatidan ma’lum qilishicha, bugun xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ham tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.
Shu paytgacha tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Abdullayev Ne’mat Ozodovich vazifasidan ozod etilgan.
Toshkent viloyati Moliya boshqarmasi rahbari Xudoyberdiyev Furqat Abdusalomovich Bekobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter