Bekmurod 2 karra Olimpiada sovrindorini ipponga tushirdi
Dzyudochimiz Bekmurod Oltiboyevning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki davom etadi. Bu gal hamyurtimiz ikki karra Olimpiya o‘yinlari sovrindorini mag‘lub etdi.
Niderlandiyalik Xenk Grolga qarshi kechgan bellashuvda vakilimiz bu gal raqibini yarim daqiqaga ham olib bormadi. Oltiboyev yana o‘sha tizzada o‘tirib, raqibini ustidan oshirib tashlash usuli bilan ippon qo‘lga kiritdi.
Bu g‘alaba unga chorak final eshigini ochdi. Endi u yarim final uchun Rio-2016 chempioni, chexiyalik Lukash Krpalek bilan ro‘baro‘ keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter