Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Beeline» O‘zbekistonda birinchi bo‘lib LTE-roumingni ishga tushirdi

«Beeline» O‘zbekistonda birinchi bo‘lib LTE-roumingni ishga tushirdi

Endi «Beeline»ning barcha abonentlari roumingda to‘rtinchi avlod yuqori tezlikdagi mobil internetning barcha afzalliklarini his qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hozirgi kunda 4G tarmog‘i Rossiya va Qozog‘istonda «Beeline» uyali aloqa operatorlari tarmog‘ida mavjud, deyiladi kompaniya ma’lumotida.

Chet el safarida yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish uchun qo‘shimcha xizmatlarni ulashning hojati yo‘q. Faqatgina qurilma (smartfon yoki planshet) va SIM-karta 4G rejimini qo‘llab-quvvatlashi kerak. SIM-kartani 4G USIMga «Beeline» savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida almashtirish mumkin.

Ma’lum qilinishicha, kompaniya LTE-roumingni yanada rivojlantirish va 4G qamrov hududiga kiruvchi operatorlar va davlatlar sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring