Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bedarak yo‘qolgan 26 yoshli ayol qidirilmoqda

Bedarak yo‘qolgan 26 yoshli ayol qidirilmoqda

Foto: Toshkent shahar IIBB

1995-yilda tug‘ilgan Amriyeva Hanifa Abdurasul qizi joriy yilning 24-avgust kuni Uchtepa tumani «Bayot» ko‘chasida joylashgan uydan chiqib, qaytib kelmagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Belgilari: bo‘yi 170-175 sm, qora uzun sochli, ko‘zlari qora.

Egnida: qora uzun ko‘ylak, oq ro‘molda bo‘lgan.

Agar siz Amriyeva Hanifa Abdurasul qizi haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingiz so‘raladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring