Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayram sabab Toshkentning 3 ta ko‘chasi ayrim qismlari qariyb bir oyga yopildi

Bayram sabab Toshkentning 3 ta ko‘chasi ayrim qismlari qariyb bir oyga yopildi

Toshkent shahar hokimligi 2024-yilning 10-dekabridan 2025-yilning 15-yanvarigacha 3 ta ko‘chaning ayrim qismlari yopiq bo‘lishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ko‘rsatilgan muddatda:

  • Zarafshon ko‘chasining «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
  • Istiqlol ko‘chasining A.Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
  • Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismida avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

Hokimlikning bildirishicha, bu Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, shuningdek, bayram tadbirlari vaqtida aholi xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadlari bilan bog‘liq.

Haydovchilardan muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya qilinmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring