Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayram kunlari uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Bayram kunlari uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

O‘zbekiston bo‘yicha 1-3-sentyabr kunlariga ob-havo prognozi ma’lum qilindi.

So‘nggi haftada O‘zbekistonda mintaqamiz uchun avgust oyining oxiriga xos bo‘lmagan ob-havo bo‘ldi. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda momaqaldiroq va shamolning kuchayishi bilan birin-ketin nam havo kirib keldi.

Ammo bugun butun respublika bo‘yicha ertalab yomg‘ir to‘xtadi va osmon asta-sekin bulutlardan tozalanmoqda.

Bayram kunlari, 1-3 sentyabrda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi 25-30 daraja bo‘lgan juda qulay harorat kuzatiladi. Ertalab sezilarli darajada salqin, harorat 14-17 daraja atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda: 31-avgust 1-2-sentyabr kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, 3 sentyabrda bulutlilik biroz kuchayadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 26-29 daraja, kechasi 15-17 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring