Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadqiqot: Baydennning reytingi ko‘tarilib bormoqda

Tadqiqot: Baydennning reytingi ko‘tarilib bormoqda

Reuters axborot agentligi va Ipsos tadqiqot firmasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Baydenning jamoatchilik reytingi 42 foizga ko‘tarilgan.

Bu iyun oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Baydenning mashhurligi uning prezidentligining dastlabki kunlaridanoq doimiy ravishda pasayib borgandi. O‘tgan yilning may oyidan iyul oyigacha bu ko‘rsatkich 36 foizgacha tushgandi. Shundan keyin bu daraja asta-sekin yaxshilandi, bu hafta Baydenning reytingi bir oy avvalgi 41 foizdan 42 foizni tashkil etdi.

Prezident reytingining oshishi AQShda iste’mol narxlarining o‘sish sur’ati 12 oy ichida 6,4 foizga pasayganligi bilan bog‘liq (iyundagi 9,1 foizdan).

Baydenning reytingi ham tarixiy standartlar bo‘yicha ancha past bo‘lib qolmoqda.

Avvalgi prezident Donald Tramp 2017-2021 yillardagi prezidentligining ko‘p qismini xuddi shunday reyting darajasida o‘tkazgan va  2017 yil dekabr oyida 33 foizga yetgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring