Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baydenning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvi kutilyapti

Baydenning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvi kutilyapti

AQSh prezidenti Jo Bayden kelasi hafta C5+1 formatidagi sammit doirasida Markaziy Osiyoning besh davlati: O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston prezidentlari bilan ham uchrashadi.

Bu haqda prezidentning Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan brifingda ma’lum qildi.

«C5+1 formati aslida 2015-yilda boshlangan. O‘shandan beri u mustahkamlandi. Va biz endi birinchi marta yetakchilar darajasida birlashayotganini ko‘ramiz.

Ilk prezident sammiti yetakchilarga mintaqaviy xavfsizlik, savdo va aloqalar, iqlim o‘zgarishi, boshqaruv va qonun ustuvorligini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar kabi qator masalalarni muhokama qilish imkonini beradi», – deydi Sallivan. 

Eslatib o‘tamiz, kelgusi haftada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston  rahbarlari BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun AQShga tashrif buyurishni rejalashtirishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring