Bayden yana noqulay vaziyatga tushib qoldi
AQSh prezidenti Jo Bayden Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Italiya bosh vaziri Jorjiya Melonining boshidan o‘pib oldi.
Holat aks etgan video X ijtimoiy tarmog‘ida tarqaldi.
Videoda AQSh yetakchisi qo‘l berib ko‘rishishdan oldin Jorjiya Meloniga yaqinlashib, uning boshidan o‘pgani aks etgan. X ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari holatni yangi diplomatik tendensiya deb atadi.
Uchrashuv davomida 81 yoshli siyosatchi ikki bor Ukraina va G‘azoni adashtirib yuborgan.
26 fevral kuni aktrisa Xanter Shefer AQSh prezidenti Jo Bayden nutqini buzishga uringani uchun hibsga olingani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter