Bayden 12-may kuni COVID-19 bo‘yicha global sammit o‘tkazadi
May oyida AQSh raisligida COVID-19 bo‘yicha global sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Virusni tiyish bo‘yicha qo‘llayotgan qattiq choralari tanqidga uchrashi mumkinligi vajidan Xitoy ushbu yirik sammitda qatnashishi so‘roq ostida, deb yozdi «South China Morning Post».
XXR tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin 19-aprel kuni bayonot berishicha, Pekin ushbu tadbir o‘tkazilishidan xabardor va «Xitoy COVID-19ga qarshi ilmiy asoslangan zarba berish hamda xalqaro birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan intilishlarni olqishlaydi». Biroq mamlakat ushbu sammitda qatnashish rejasi haqida xabar bermadi.
AQSh prezidenti Jo Bayden hamraisligida 12-may kuni kovid mavzusida virtual sammiti o‘tkazilishi haqida Oq uy 18-aprel kuni xabar bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter