«Baxti Tashkentskiy» – Baxtiyor Qudratullayev 20 yilga qamaldi
Bugun, 19-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida «Baxti Tashkentskiy» va jami 37 kishiga nisbatan bo‘lib o‘tgan ochiq sud ishi yakunlanib, ularga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirildi.
Unga ko‘ra, jinoiy avtoritet Baxtiyor Qudratullayev 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Eslatib o‘tamiz, sud majlisining avvalgi protsessida prokuror 44 ta epizod bo‘yicha ayblanayotgan «Baxti Tashkentskiy»ga 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, shuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi (Retsidiv jinoyat) 3-qismi «a» bandi bilan o‘ta xavfli retsidivist deb topishni hamda uning o‘g‘illariga nisbatan 11 va 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini so‘ragan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter