Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baxshichilik san’ati bo‘yicha ilmiy ish qilayotganlar xorijga o‘qishga yuboriladi

Baxshichilik san’ati bo‘yicha ilmiy ish qilayotganlar xorijga o‘qishga yuboriladi

2024-yildan boshlab har yili madaniyatshunoslik, nomoddiy madaniy meros sohalari, xususan, maqom va baxshichilik san’ati bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan ilmiy xodimlar xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuboriladi.

Bu 2023-yilning 25-dekabrida qabul qilingan PQ-405-sonli Prezident qarorida belgilab qo‘yildi.

Qayd etilishicha, xorijiy oliy ta’lim muassasalariga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuboriladigan nomzodlar pedagogik-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan, magistrlik darajasiga ega bo‘lgan iqtidorli va samarali faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida ochiq tanlov asosida saralab olinadi.

Xorijga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuborish bilan bog‘liq xarajatlar esa «El-yurt umidi» jamg‘armasiga xorijda doktoranturada ta’lim olish dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ham qator vazifalar yuklanmoqda.

Jumladan, vazirlik Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutiga 2024-yildan boshlab har yili to‘lov-kontrakt shartnomasi asosida tayanch doktorantura uchun kamida 3 tadan, stajyor-tadqiqotchilik uchun kamida 2 tadan kvota ajratilishini hamda nomoddiy madaniy meros namunalarini tadqiq etish, xususan, maqom va baxshichilik san’ati bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasining tanlovlar asosida shakllantirilishini ta’minlashi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring