Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baxmallik o‘quvchilar harbiy qism mehmoni bo‘ldi

Baxmallik o‘quvchilar harbiy qism mehmoni bo‘ldi

Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi maktab va kollej o‘quvchilari Markaziy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda mehmon bo‘lishdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «Ochiq eshiklar kuni» deb nomlangan tadbir olovqalb yoshlar uchun haqiqiy mashg‘ulotlar maydoniga aylandi. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, mashg‘ulotlarga jalb etildi. Harbiy qism hududda tog‘da duch keladigan barcha to‘siq va elementlarni o‘zida mujassam etgan tog‘ tayyorgarlik majmuasi bunyod etilgan. Bu yerda yigit-qizlar mashg‘ulot rahbari kichik serjant Alisher Kattaqulovdan qoyalarga chiqib-tushish, to‘siqlardan oshib o‘tish, jarohatlangan bemorni vertolyot qo‘nishi qulay bo‘lgan balandlikka ko‘chirish, tog‘ daryolaridan o‘tish, ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni oshirish, tog‘da dala chodirlarini xavfsiz joylarga o‘rnatish kabi harbiy tayyorgarlikka oid ilk saboqlarni o‘rganishdi.

Ayniqsa, 30 metrlik tik balandlikka chiqib-tushish mashqi qizg‘in tus oldi. Baxmallik qizlar harbiy tog‘ anjomlarni kiyib, kuch va mahoratda yigitlardan kam emasliklarini isbotlashga intildi.

Shuningdek, o‘quvchilar jangovar texnikalarni imkoniyati va qurol-aslahalari, o‘qotar qurollarni tavsiflanishi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, havo desant tayyorgarligi, suvli to‘siqlardan o‘tish, aloqa va muhandislik tayyorgarligi kabi o‘ndan ortiq o‘quv joylarida bo‘lishdi. Ko‘rgazmali-amaliy mashg‘ulotlar davomida qiziqish bildirgan yoshlarga harbiy amaliy mashq turlari bo‘yicha shug‘ullanish imkoniyati yaratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring