«Bavariya» stadionida chakalakzorning ilk belgilari paydo bo‘ldi
Myunxenning «Bavariya» futbol klubi «Alyans Arena» uy stadioni tribunalarida yovvoyi o‘t o‘sib chiqdi. Bu haqda «Bild» nashri xabar berdi.
Begona o‘tlar zinapoyalarda paydo bo‘lgan. Manbaning aniqlashicha, endi muxlislar stadionga kiritiladigan bo‘lsa, ular avval joylariga bir amallab yetib borishiga to‘g‘ri keladi.
So‘nggi bor tomoshabinlar 75 ming o‘rinli «Alyans Arena»ga joriy yilning 8-mart kuni tashrif buyurishgandi. O‘shanda «Bavariya» o‘z uyida «Augsburg»ni qabul qilgan (2:0). Stadion 2005-yil may oyida ochilgan. Arena 2006-yil Germaniyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatiga qurib bitkazilgan.
Bu yil Germaniya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli martning boshidan mayning o‘rtalarigacha to‘xtatib qo‘yilgandi. Musobaqalar tiklangandan so‘ng o‘yinlar bo‘sh tribunalarda o‘tkazilmoqda. To‘rtta tur qolgan musobaqada «Bavariya» ishonchli ravishda yetakchilik qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter