Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona»ning sobiq yulduzi 4,5 yilga qamaldi

«Barselona»ning sobiq yulduzi 4,5 yilga qamaldi

Ispaniyaning Barselona shahri sudi «Barselona» va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Dani Alvesni jinsiy zo‘ravonlikda ayblab, 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Ayblangan jinoyat turi bo‘yicha braziliyalikka 12 yillik qamoq jazosi xavf solayotgan edi. Prokurorlar sudda to‘qqiz yil so‘radi, sud esa jazo muddatini shu vaqtning yarmi bilan cheklashga qaror qildi.

Alvesning himoyachilari hukm ustidan Kataloniya Oliy sudiga shikoyat qilishi mumkin. Agar apellyasiya rad etilsa, uning vakillari Ispaniya Oliy sudiga ariza bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Alves 2022-yilning 31-dekabrida Barselonadagi tungi klublarning birida qizni zo‘rlaganlikda ayblanib, 2023-yilning 20-yanvaridan beri hibsda saqlanayotgan edi.

Alves «Sevilya», «Barselona», Turinning «Yuventus» va «Pari Sen-Jermen» klublarida o‘ynagan. Futbolchi Braziliya terma jamoasi safida 126 ta o‘yin o‘tkazgan, ikki karra Amerika kubogi va Konfederatsiyalar kubogi g‘olibi bo‘lgan, 2020-yilgi Tokiodagi Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring