«Barselona» uchun noxush xabar: u «Real»ga o‘tmoqchi...
Norvegiyalik yulduz agenti Mino Rayoladan madridliklar bilan muzokara boshlashni so‘ragan.
«Klub keyingi mavsum uchun hozir qaror chiqarishim kerakligini aytib, menga bosim o‘tkazmoqda. Men shunchaki futbol o‘ynashni xohlayman. Ehtimol, bu tez orada qaror chiqarishim kerakligini anglatar. Avval bu haqida umuman gapirmaganman, chunki klubni hurmat qilaman», — deydi Erling Holand.
Dortmund klubi direktorlar kengashi raisi Xans-Yoaxim Vatske norvegiyalik hujumchining so‘zlariga munosabat bildirdi: «Erling — mustaqil qaror chiqarishga haqli shaxs. U bilan hech qanday muammo yo‘q. Albatta, klubning vaziyat borasida o‘z qarashi bor. Uning jamoadagi kelajagiga oydinlik kiritib olishini may oyining so‘ngiga qadar kuta olmaymiz».
«Holand kuchli jamoa bilan shartnoma imzolamoqchi. Uni «Real»da Kilian Mbappe bilan bo‘ladigan raqobat qo‘rqitmayapti. Erling fransiyalik futbolchi bilan tandemda o‘ynashga rozi», — deyiladi «AS» xabarida.
Holandga «Barselona» va «Man Siti» ham da’vogarlik qilmoqda. Katalonlarda moliyaviy qiyinchiliklar bu transferga to‘sqinlik qilsa, «Siti»ga Holandning APLga borishni istamayotgani halal bermoqda. «Barselona» prezidenti Xuan Laporta norvegni Madridga o‘tmasligi uchun qo‘lidan kelganini qilishini ta’kidlagandi.
Agar Holand Madridga ko‘chib o‘tsa, Vinisius-Holand-Mbappe triosi yuzaga kelishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter