Barselonada opera yulduzi Monserrat Kabale vafot etdi
![Barselonada opera yulduzi Monserrat Kabale vafot etdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_256436876.jpeg)
Barselona shahrida opera yulduzi Monserrat Kabale 85 yoshida vafot etdi.
U o‘tgan oy Barselonadagi klinikalardan biriga yotqizilgan edi. Shunga qaramay, Kabale xonim o‘zini uncha yomon his qilmayotganini aytib, tez orada yana sahnaga qaytishini bildirgandi.
Monserrat Kabale 1933-yilning 12-aprel kuni Barselonada tavallud topgan.
Monserrat Kabale belkanto yo‘nalishida tengsiz, mumtoz italyan operalari (Rossini, Bellini, Donitsetti)dagi rollari bilan tilga tushgan edi.
1965-yili Gaetano Donitsetti operasining Lukretsia Borjia partiyasidagi ijrosi uni dunyoga tanitdi.
2012-yili Kabale yoshi, mikroinsultni boshdan o‘tkazgani va yiqilib tizzasidan jarohat olganiga qaramay, jahonning qator teatrlarida konsert bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter