«Barselona» yangi murabbiy topdi
![«Barselona» yangi murabbiy topdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/4/720_460_95_3416274017.jpg)
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman «Barselona»ni boshqarishga yaqin turibdi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi va 57 yoshli mutaxassis o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanish arafasida.
Kuman «Barselona» bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi.
Ronald Kuman o‘z vaqtida Yoxan Kroyf boshqaruvida «ko‘k-anorranglilar»ning sardori bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Barselona»ning amaldagi bosh murabbiyi Kike Seten «Bavariya»dan uchralgan qaqshatqich mag‘lubiyat (2:8)dan so‘ng ko‘p o‘tmay iste’foga chiqarilgani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter