«Barselona» Xavini iste’foga chiqardi. Uning o‘rnini kim egallashi ma’lum
«Barselona» klubi bosh murabbiy Xavi mavsum yakunida iste’foga chiqarilishini rasman e’lon qildi.
«Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta bugun o‘tgan yig‘ilishda Xavi Ernandesga jamoa bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qildi. Yig‘ilishda klub vitse-prezidenti Rafa Yuste, sport direktori Deku hamda Xavining yordamchilari Oskar Ernandes va Serxio Alegri ishtirok etdi, — deyiladi xabarda.
Yakshanba kuni «Sevilya»ga qarshi uchrashuv Xavining jamoadagi so‘nggi o‘yini bo‘ladi.
«Barselona» yaqin kunlarda yangi bosh murabbiyi nomini e’lon qiladi», — deyiladi klub xabarida. Ma’lumotlarga ko‘ra, nemis mutaxassisisi Hans Flik asosiy nomzod bo‘lib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter