«Barselona» sobiq sardori vafot etdi
«Barselona» afsonaviy futbolchisi, klub sardori Xosep Mariya Fuste 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
«Barselona»ning sobiq sardori Fuste 1958-yildan 1972-yilgacha kataloniyaliklar safida o‘ynagan.
Bu davrda u 406 o‘yin o‘tkazib, 117 ta gol urgan. «Barselona»dagi 12 yillik faoliyati davomida u uch marta Qirol kubogini yutgan va ikki marta UYeFA kubogi/Yarmarkalar kubogini yutgan.
Shuningdek, Fuste Ispaniya terma jamoasi bilan 1964-yilgi Yevropa chempioni bo‘lgan.
Fuste 1972-yilda Barselonani tark etgan. U «Gerkules» uchun bir mavsum o‘ynadi, shundan so‘ng u sport karerasini yakunladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter