Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» tarbiyalanuvchisi avtohalokat oqibatida vafot etdi

«Barselona» tarbiyalanuvchisi avtohalokat oqibatida vafot etdi

Iroqning «Al-Diwaniya SC» klubi yarim-himoyachisi Maksi Rolon 27 yoshida avtohalokatda vafot etdi. Bu haqda Goal xabar bermoqda.

Argentinalik futbolchi 2007-2015-yillar davomida Kataloniyaning «Barselona»si tarkibida bo‘lgan. U Kataloniya klubi o‘rinbosarlari tarkibida 24 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urgan.

Futbolchi Braziliya, Chili, Ekvadorda ham o‘ynagan. «Al-Diwaniya SC» safida forvard birorta ham o‘yin o‘tkazishga ulgurmagan edi.

«Al-Diwaniya SC» klubi 1965 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda Iroq Premer-ligasida o‘ynaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring