Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» prezidenti 33 yoshli Lionel Messiga o‘n yillik shartnoma taklif qildi

«Barselona» prezidenti 33 yoshli Lionel Messiga o‘n yillik shartnoma taklif qildi

Foto: «Sportsdaily.ru»

TV3 telekanali xabariga ko‘ra, «Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoa sardori Lionel Messiga o‘n yillik shartnoma taklif qilgan.

Kelishuvga ko‘ra futbolchi ikki yil klubda o‘ynaydi, so‘ngra uch yil davomida MLSning ko‘k-anor ranglilar elchisi sifatida faoliyat olib boradi. Shundan keyin hujumchi «Barselona»da yuqori lavozimlardan birini egallab, u yerda yana besh yil mehnat qiladi.

Messi bu taklifga hali javob berganicha yo‘q, chunki u klubning keyingi mavsum uchun sport loyihasi taqdimotini kutyapti. Juma kuni Laporta futbolchiga ushbu shartnomaning barcha iqtisodiy tarkibiy qismlarini tushuntiradi.

Hujumchining ko‘k-anor ranglilar bilan amaldagi shartnomasi shu yilning 30-iyunigacha davom etishi belgilangan. Avvalroq 33 yoshli futbolchi shartnomani 2023-yilgacha uzaytirishga rozi bo‘lganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Messi 2005-yildan beri «Barselona» tarkibida to‘p surmoqda. O‘tgan mavsumda argentinalik futbolchi 47 uchrashuvda 38 ta gol urib, 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring