«Barselona» Martines xarididan voz kechishi mumkin — «Marca»
«Marca» nashriga ma’lum bo‘lishicha, «Barselona» klubi rahbariyati Italiyaning «Inter» klubi forvardi Lautaro Martinesni sotib olish qaroridan qaytishi mumkin. Bu haqda nashrga ishonchli manbasi xabar bergan.
Pandemiya oqibatida yuzaga kelgan moliyaviy tanglik katanloniyaliklarning rejasini chippakka chiqarishi mumkin, deydi manba. «Barselona» klubi joriy oy oxiriga borib pandemiya oqibatida ko‘radigan zarar miqdori 150 million yevroga yetishi kutilmoqda.
Ilgarigi xabarlarimizda «Barselona» futbolchilari ikkinchi marotaba maoshlari qisqartirilishiga qarshi chiqishganini yozgandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter