Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Barselona» klubi «Yuventus»ning nomdor futbolchisini sotib oldi

 «Barselona» klubi «Yuventus»ning nomdor futbolchisini sotib oldi

Kataloniyaning «Barselona» klubi «Yuventus» yarim himoyachisi Miralem Pyanichni xarid qilganini rasman e’lon qildi.

Bosniyalik 30 yoshli futbolchi uchun «ko‘k-anorranglilar» 60 million yevro to‘laydi. Agar futbolchi kataloniyaliklar safida muvaffaqiyat qozonsa, yana 5 million yevro o‘tkazib beriladi.

Pyanich «Barselona» bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Uning tovon puli 400 million yevro etib belgilandi. Miralem joriy mavsum yakunlanganidan keyin «Barselona» safiga kelib qo‘shiladi.

«Barselona», shuningdek, o‘z futbolchisi Artur Meloning «Yuventus»ga o‘tganini ham e’lon qildi. Xabarlarga ko‘ra, futbolchi turinliklarga 75 million yevroga tushgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring