«Barselona» ikki sardori bilan xayrlashdi
«Barselona» «Kamp Nou»da mavsumdagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi. Kataloniyaliklar «Malorka»ni 3:0 hisobida mag‘lub etishdi, ammo bu uchrashuvning asosiy voqealari bahs yakunida sodir bo‘ldi.
Yakshanba kungi o‘yin Serxio Buskets va Jordi Alba uchun «blaugrana» safida o‘z uyidagi oxirgisi bo‘ldi. Muxlislar ularning har birini navbatma-navbat olqishlashi uchun Xavi avvaliga Albani almashtirdi.
Maydondan chiqib ketayotgan Jordi ko‘z yoshlarini tiya olmadi. U avvaliga Buskets va ter Shtegenni quchib, so‘ng asta-sekin maydonni tark etdi, butun «Kamp Nou» uni olqishladi.
5 daqiqadan so‘ng navbat Busketsga keldi. U tabassum bilan olqishlar ostida maydonni tark etdi. Ammo Serxio zaxira o‘rindig‘iga yetganida his-tuyg‘ularini jilovlay olmadi va ko‘zlarida yosh qalqidi.
«Kamp Nou» ularni juda sog‘inadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter