«Barselona» hujumchisini «suv tekin»ga sotib yubordi
«Sevilya» klubi Munir El-Haddadini o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.
Andalusiyaliklar 23 yoshli iqtidorli hujumchi uchun «Barselona»ga atiga 1,05 million yevro to‘lashi ma’lum bo‘ldi.
Bugun futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va yangi klubi bilan 4,5 yillik shartnomaga imzo chekkan.
Joriy mavsumda Munir La Ligada 7 uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli pas muallifi bo‘ldi.
«Barselona» o‘z futbolchisini bunday narxda qo‘yib yuborishiga sabab — Munirning kataloniyaliklar bilan shartnomasi yozda yakuniga yetardi va u klub bilan kelishuvni uzaytirishni istamadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter