«Barselona» - «Chelsi» o‘yiniga doir tanlov e’lon qilindi

«Feysbuk»dagi «Maslahat.uz» guruhida Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final javob uchrashuvi doirasidagi «Barselona» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga bag‘ishlangan tanlov tashkil etildi.
Tanlov shartiga ko‘ra, g‘olib bo‘lish uchun o‘yinning yakuniy natijasi va gol mualliflarini (penaltilar seriyasidan tashqari) taxmin qilish kifoya.
Tanlov shartlari va sovrinlari mazkur guruhdagi tanlov e’lonida batafsil keltirilgan. Futbol muxlislari 14 mart soat 20.00 ga qadar taxmin etishlari mumkin.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi Londonda bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter