Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barsa» jiddiy yo‘qotishlarga uchradi

«Barsa» jiddiy yo‘qotishlarga uchradi

«Barselona» kecha tunda «Atletik» bilan durang o‘ynadi (0:0). Kataloniyaliklarni ranjitgan faqat natija emas edi.

Xavi o‘yindan keyin xafa ohangda gapirdi «biz Pedri va De Yongni o‘n daqiqada yo‘qotdik. Bir vaqtning o‘zida qancha og‘riq».

Uchrashuvning 25-daqiqasidayoq Frenki de Yong to‘pig‘ini qayirib oldi va maydonni tark etdi. 

Oradan o‘n daqiqa o‘tib, Pedri ham maydonga quladi va o‘zini yig‘idan tiya olmagan holda almashtirildi.

«De Yong va Pedrining jarohatlari jiddiy ko‘rinadi. Barcha ko‘rsatkichlar gollandiyalik futbolchining o‘ng to‘pig‘ida jiddiy jarohat borligi, kanariyalikning esa o‘ng son mushaklarining yana bir jarohati qaytalanishini ko‘rsatmoqda», - deydi Xavi o‘yindan keyin.

12 mart kuni YeChL doirasida «Napoli»ga qarshi o‘yinda Frenki va Pedrining tiklanishi qiyin bo‘ladi. Bu futbolchilarning mavsumdagi ilk jarohatlari emas.

Sentyabr oyida «Selta»ga qarshi o‘yinda Frenki de Yong oyog‘idan jarohat olib, bir oydan ko‘proq maydonga tusha olmagan, 10 ta o‘yinni o‘tkazib yuborgandi. O‘shanda jamoa ikki marta mag‘lub bo‘lgan va ikki bor durang o‘ynagandi.

Pedri uchun esa bu uning mavsumdagi uchinchi jarohati. U jami 15 ta o‘yinni o‘tkazib yuborgan va 100 kundan ortiq maydonga tusha olmagan. Ispaniyalik futbolchi 2021/22 yilgi mavsumdan buyon beshinchi marta oyog‘idan jarohat oldi.

Shu tarzda kataloniyaliklarda maydon markazida katta muammolar yuzaga keldi. Chunki jamoaning yana bir muhim futbolchisi Gavi og‘ir jarohat tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqqan edi. Hozirda uchta asosiy yarim himoyachi jamoaga yetishmayapti.

Xavida maydon markazida munosib variantlardan faqat Ilkay Gyundogan qoldi. Fermin Lopes hali o‘z o‘rnini to‘liq topa olgani yo‘q, tayanchda o‘ynayotgan Andreas Kristensen aslida himoyachi, Oriol Romeu va Serxi Robertolar esa yaxshi sport formasida emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring