Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barsa» futbolchisi hushsiz holda olib chiqib ketildi

«Barsa» futbolchisi hushsiz holda olib chiqib ketildi

Ispaniya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan «Barselona» va «Selta» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda kataloniyaliklar himoyachisi Ronald Arauxo maydondan hushsiz holda olib chiqib ketilgan.

Gap shundaki, u o‘yin paytida jamoadoshi Gavi bilan to‘qnashib, chimga yiqilgan. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgach, futbolchi hushiga kelgan. Ammo uni tez yordam mashinasiga qo‘yishganda og‘zida nafas oldirishga mo‘ljallangan maxsus uskuna bor edi.

«Barselona» klubi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Arauxoda miya chayqalishi bo‘lgan va u ayni paytda shifoxonada davolanmoqda. «Barsa» shu o‘yindagi 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan 2-o‘rinni deyarli naqd qilib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen Yevro-2020 doirasida Daniya – Finlandiya (0:0) o‘yini vaqtida hushini yo‘qotib, maydonga yiqilgandi. Hozir u sog‘ayib, Angliyaning «Brentford» jamoasida yorqin o‘yin namoyish etyapti.

Shuningdek, «Barselona» hujumchisi Serxio Aguero 12-turdan o‘rin olgan «Alaves»ga qarshi o‘yinning (1:1) birinchi bo‘limida o‘zini yomon his qilib, kutilmaganda maydonga yiqilgan va shundan so‘ng futbolni tark etishga majbur bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring